Mbappe Ronaldu nomini “Real” tarixidan o‘chira boshladi
Ispaniya chempionatning o‘n birinchi turida musobaqa peshqadami “Real” Madridda “Valensiya” futbolchilarini qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.
Shu gollardan ikkitasi Kilian Mbappe hisobiga yozildi. Frantsiyalik futbolchi 19-daqiqada penaltidan hisobni ochdi va birinchi bo‘limning o‘zida ikkinchi to‘pini kiritdi.
43-daqiqada Mbappe xet-trik qayd etishi mumkin edi. Biroq jamoa etakchisi ikkinchi penalti tepish imkoniyatini Vinisius Juniorga qoldirdi. Braziliyalik yulduz bundan unumli foydalana olmadi.
Mbappega ikkita gol klub afsonasi Krishtianu Ronalduning rekordini yo‘qqa chiqarish uchun kifoya qildi. Portugaliyalik yulduz “Real”da o‘ynagan davrida dastlabki 45 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 43 ta to‘p kiritgan edi.
Kilianning esa, 45 ta o‘yinda urgan gollari sonini 44 taga etkazib oldi.
Mbappe 2024 yilning yozida PSJdan “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. 26 yoshli futbolchi debyut mavsumidayoq 31 ta gol bilan La Liga to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar