Mbappe senga alam qilsin!

  • 09.01.2026 08:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning eng qudratli klubi “Pari Sen-Jermen” mamlakat Superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsda ashaddiy raqib “Marsel” bilan kuch sinashishiga to‘g‘ri keldi.

Finalning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 2:2.

G‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan penaltilar seriyasida omad poytaxtliklar tomonidan bo‘ldi. 11 metrlik belgidan to‘p tepishda 4:1 hisobida ustunlik qilgan parijliklar 2026 yildagi birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, parijliklar jamoaning endilikdagi sobiq hujumchi Kilian Mbappe Madriddning “Real” klubiga o‘tib ketganidan keyin yettinchi sovringa ega chiqdi. Bu vaqt ichida Mbappening o‘zi “Real” safida atigi ikkita turnir g‘olibi bo‘ldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!