Mbappe to‘purarlik bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatdi

  • 20.02.2023 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yana bir rekord sohibiga aylandi. Milliy chempiona tning 24-turida 24 yoshli futbolchi “Lill” darvozasiga ikkita to‘p kiritdi.

Shu tariqa, Mbappe Frantsiya chempionatlari tarixida 150 ta gol urishni uddalagan eng yosh futbolchi nomini qo‘lga kiritdi. Opta Sports kanali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Mbappe bu natidani 24 yoshu ikki oyligida qayd etdi.

Avvalgi rekorjd 1959 yilda o‘rnatilgan edi. “Nitstsa” va “Reyms” hujumchisi Jyust Fonten milliy chempionatlardagi 150-golini 26 yoshu ikki oyligida urgan.

Mbappe PSJga kelgunga qadar “Monako” sharafini himoya qilgan va bu jamoa uchun ham gollar urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!