
Mbappedan qo‘rqqan hujumchi “Real”dan ketadigan bo‘ldi
Aslida “Espanol”ga tegishli bo‘lgan tajribali hujumchi Xoselu mavsumni “Real”da o‘tkazgan edi.
Mavsum Xoselu uchun omadli bo‘ldi. Barcha turnirlarda 49 marotaba maydonga tushgan futbolchi o‘z hisobga 17 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Xoselu jamoasining La Liga va Chempionlar ligasidagi g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi.
“Qirollik klubi” 34 yoshli forvardni to‘liq sotib olishga qaror qildi. Biroq Xoseluning o‘zi Madridda qolishni istamadi. Chunki tajribali hujumchi jamoaga Kilian Mbappe va Endrikning qo‘shilishi oqibatida zaxiraga o‘tirib qolishi mumkinligini yaxshi biladi.
Tez orada Xoseluning yangi jamoasi nomi ma’lum bo‘lishi aytilmoqda.
Fikrlar