Mbappega yangi ideal jamoa topib berishdi
Yevropalik futbol eksperti Endi Brassell “Chelsi”ga Xabi Alonso boshchiligida amalga oshirilayotgan yangli loyiha&ga “Real” hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishni tavsiya qildi.
- Menimcha, tobora aniq bo‘lib bormoqda: Mbappe va “Real” munosabatlari hamma kutganidek rivojlanmadi.
“Chelsi”ga haqiqiy markaziy hujumchi yetishmayapti. Ha, ayrimlar Kilian Mbappe chap qanotda o‘ynashni yaxshi ko‘rishini aytishadi. Ammo chap qanotmi yoki markaziy hujumchimi – rostini aytganda, u “Chelsi” uchun ajoyib futbolchi bo‘lardi.
Mbappe Angli Premier-ligasida fantastik darajada o‘ynay olardi, - dedi Endi Brassell TEAMtalk nashriga bergan intervyusida.
Kilian Mbappe 2024 yilda PSJ bilan hamkorligi tugagach, erkin agent sifatida Madrid superklubiga ko‘chib o‘tgan. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda hujumchi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda qatnashib, 41 ta gol va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar