Mbappeni “Real”dagi xavfdan ogohlantirishdi

  • 24 oktabr, 2024, 18:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” va “Barselona”ning sobiq hujumchisi Terri Anri “Real” to‘purari Kilian Mbappega nimalarga e’tibor qaratishni maslahat berdi. 

-Futbolchiga yangi klubda moslashib olishi uchun vaqt kerakligini ta’kilashadi. Afsuski, “Real”dek klub futbolkasini kiyar ekansan, senga moslashish uchun vaqt berishmaydi, - dedi Terri Anri hamyurtining Madrid superklubiga o‘tganiga munosabat bildirib. 

Mbappe ilk bor Frantsiyadan tashqarida to‘p tepmoqda. Avval u o‘z yurtida “Monako” va “Parij Sen-Jermen” klublari sharafini himoya qilgan. 

Parijliklarning hamkorlikni uzaytirish haqidagi takliflarini inobatga olmagan Mbappe yozda erkin agent maqomida “Real”ga ko‘chib o‘tdi. 

Madridliklar bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan bitimga imzo chekkan futbolchi “Real” safidagi dastlabki 11 ta uchrashuvda ettita gol va bitta assist qayd etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!