Mbёmo oʻz kumirini aytdi: "Azar shunchaki aqlbovar qilmas edi"

  • 03.04.2026 11:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Brayan Mbёmo o‘zining asosiy futbol kumirlaridan biri kim bo‘lganini ochiqiladi.

26 yoshli kamerunlik futbolchi sobiq "Chelsi" yulduzi Eden Azar o‘yinidan ko‘p narsa o‘rganishga harakat qilganini aytdi.

"Imkon bo‘lishi bilan Azarning o‘yinlaridan haylaytlarni tomosha qilardim. Menimcha, u juda yaxshi, shunchaki aqlbovar qilmas darajada kuchli edi. U raqiblarni juda oson aldar, hujumlarni a’lo darajada yakunlar, ajoyib uzatmalar berardi. U shunchaki to‘pni olib, barchani ortda qoldirib ketishi mumkin edi — bu aqlga sig‘mas holat", — dedi Mbёmo.

Eslatib o‘tamiz, Eden Azar 2012–2019 yillarda "Chelsi" sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng Madriddning "Real" klubiga ko‘chib o‘tgan. Belgiya yulduz 2023 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!