Men "Barselona"da o‘ynashni istayman!

  • 22 may, 2022, 08:03
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli"ning senegallik himoyachisi Kalidu Kulibali yozda "Barselona"ga o‘tishni juda ham xohlamoqda.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi yozda Kataloniya jamoasiga o‘tmoqchi. Himoyachi "ko‘k anorranglilar" rahbariyati transfer borasida "Napoli" bilan kelisha olishiga umid qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, afrikalik himoyachining neapolliklar bilan amaldagi bitimi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Kalidu Kulibali Italiya chempionatida 26 o‘yin o‘tkazib, 3 gol va 2 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!