
Men faqat uch superklubdan biriga o‘taman!
“Napoli”ning etakchi himoyachisi Kalidu Kulibali Evropaning bir necha klublari nishonida turibdi.
Senegallik himoyachi o‘ziga qiziqayotgan jamoalardan faqat uchtasi bilan hamkorlik qilishi mumkinligini aytdi.
- Men faqat bir necha klub uchungina “Napoli”ni tark etishim mumkin. Albatta, bu jamoalarni hamma yaxshi biladi. Men “Manchester Siti”, “Real”da o‘ynashni istayman. Eng maqbul variant esa “Barselona” bo‘lardi, - dedi Kalidu Kulibali.
Kulibalining neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. Ayni paytda himoyachining transferi 48 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar