Men “Roma”ga qaytmayman!

  • 29 mart, 2022, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati vakili “Nitstsa”ga ijaraga berilgan Jastin Klyuyvert “Roma”ga qaytmaydigan bo‘ldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Tecno

22 yoshli futbolchi “Nitstsa” tarkibida 20 ta uchrashuvda qatnashib, beshta to‘p kiritdi va to‘rtta golli uzatma berdi.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvda frantsiyaliklar niderlandiyalik futbolchini 35 million evroga sotib olish huquqini qo‘lga kiritgan va ular mavsum yakunlanganidan keyin Klyuyvertga to‘laqonli shartnoma taklif etishga qaror qilgan.

Jastin Klyuyvert “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Legioner sifatida “Leyptsig” safida ham to‘p tepgan. “Roma” bu futbolchini 2018 yilning yozida 17, 25 million evroga xarid qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!