Men ustingdan kulganim yo‘q!

  • 22.10.2025 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan Kristal Pelas” o‘yinchisi Jan-Filipp Mateta yaqinda bergan inveryuyasida jamoadaoshlari doim uning ustidan kulganini va terma jamoadan taklif olishiga ishonishmaganini ta’kidladi.

Mateta o‘zining ustidan kulganlar orasida Uilfrid Zaxa borligiga ishora qilgandi.

Ayni paytda AQShda to‘p tepayotgan Zaxa sobiq jamoadoshiga javob qaytardi.

- Men hech qachon Matetaning ustidan kulmaganman. Umuman olganda esa, biz do‘st edik, hazil-huzul qilardik, lekin jiddiy tarzda u aytgan ishlarni qilmaganman. Sen do‘stim, deb hisoblagan odam shunaqa gapahlarni aytsa, alam qilar ekan. Xullas, uni tushunganim yo‘q, - dedi Uilfrid Zaxa.

28 yoshli Jan-Filipp Matetaning o‘zi ilk marta Frantsiya terma jamoasidan chorlov oldi. Oktyabr oyida FIFA kunlarida 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida ikkita o‘yinda qatnashgan hujumchi Islandiya darvozasiga to‘p kiritishni ham uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!