
Mendan zo‘ri chiqsa, klubdan ketaman!
“Manchester Yunayted”ning muvaffaqiyatsiz mavsumidan keyin bosh murabbiylikni topshirishi kutilgan Erik ten Xag oxir-oqibat o‘z lavozimida qoldirib, u bilan shartnoma uzaytirildi.
Niderlandiyalik mutaxassis qay holatda klubdan ketishi mumkinligini aytdi.
- Agar “Manchester Yunayted” rahbariyati ertagayoq mendan yaxshiroq murabbiy topsa, darrov jamoadan ketaman. Hammasi juda oddiy.
Chunki futbolning mexanizmi shunday va uni hurmat qilish kerak.
Bu darajadagi klubda hammasi ochiq-oydin: agar ishni uddalay olmasang, g‘alaba qozona olmasang, muammolar girdobida qolib ketasan, - dedi Erik ten Xag.
“Manchester Yunayted” Angliya kubogida g‘olib chiqqani evaziga yangi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Klub rahbariyati maxsus mutaxassislar yordamida Erik ten Xagning jamoadagi faoliyatini tahliliy-tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganib chiqib, u bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qildi.
Fikrlar