Menejer: "Aleks Perreyra trilogiyani xohlamayapti"

  • 25.12.2025 16:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Magomed Ankalaevning menejeri Rizvan Magomedov Aleks Perreyra va rossiyalik o‘rtasidagi uchinchi jang haqida gapirdi.

"Aleks Pereyra Magomed bilan trilogiyani xohlamayapti, ammo biz buni talab qilamiz. Chunki Ankalaev butun divizionni tozalab bo‘ldi, u TOP-15 dagilarning 10 tasini engdi. Biroq avval rossiyalik Irji Proxazka yoki shunga o‘xshash MMA ustasi bilan yana bir jang o‘tkazishi kerak. Bu titul to‘qnashuvi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi", - dedi Rizvan.

Eslatib o‘tamiz, Ankalaev oktyabr oyidagi revanshda Aleks Perreyradan texnik nokautga uchrab, chempionlik unvonini yo‘qotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!