Menga Muhammad Saloh bilan teng maosh bering!

  • 19 dekabr, 2024, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” etakchi himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.

Ayni paytda “Real” va “Barselona” o‘ng qanot himoyachisini bepul qo‘lga kiritish rejasini tuzmoqda.

Biroq, Trentning o‘zi “Liverpul”da qolishga tayyorligini bildirdi. U klub xo‘jayinlaridan maoshini Muhammad Salohniki bilan tenglashtirishni so‘rayapti. Ayni paytda misrlik to‘purar haftasiga 350 ming funt maosh olyapti.

The Sun nashrining ma’lum qilishicha, Aleksander-Arnold eski shartnomasi bo‘yicha har hafta 180 ming funtdan mablag‘ olyapti. Klub 26 yoshli o‘yinchiga yangi bitim bo‘yicha haftasiga 250 ming funt to‘lamoqchi.

Trent o‘z agentlariga jamoada qolishni ma’qul ko‘rayotganini aytdi. Endi tez orada muzokaralarning yangi raundi boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!