Menga Rodri kerak emas
Ispaniyaning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Manchester Siti”ning sobiq yarim himoyachisi Rodri unga kerak bo‘lmaganini aytdi.
Yaqinda Rodri “Siti”dan “Barselona»”a 65,4 million funt sterling evaziga ko‘chib o‘tdi. Uzoq vaqt davomida esa 30 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun asosiy da’vogarlardan biri “Real” bo‘lgan edi.
Mourinyoning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachi “Real”ga o‘tish borasida qat’iy qaror qabul qilmaganligi sababli u Rodriga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgan.
- Men Rodri bilan bir necha marta gaplashdim va “Real” unga juda yaxshi taklif berdi.
Rodrida shubhalar bor edi, u ikkilandi. Rodrining ikkilanishi meni ham shubha solib qo‘ydi. “Real” shunday darajadagi klubki, o‘ziga nisbatan shubhasi bor futbolchilarga ega bo‘lishi mumkin emas.
Menga Rodri kerak emas. Bizda variantlar bor, sifatli futbolchilarimiz yetarli- dedi Joze Mourinyo Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar