Meni “Barsa”ga qo‘yib yuboring!
“Chelsi”ning braziliyalik hujumchisi Joao Pedro hali ham “Barselona”ning transfer nishonlari ro‘yxatida qolmoqda.
El Chiringuito nashri ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi London klubi rahbariyatidan uni “Barselona”ga qo‘yib yuborishni so‘ragan.
Futbolchining rasmiy vakillari hozir Ispaniyada bo‘lib turibdi va ular jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan hujumchining kelajagini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Kataloniya klubi mutasaddilari jamoani tark etishni ma’qul topgan Robert Levandovski o‘rniga ko‘p gol ura oladigan yangi hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. “Barselona” bu transfer uchun 100 million yevro sarflashga tayyor va Joao Pedro asosiy variantlaridan biri hisoblanadi.
Joriy mavsumda Joao Pedro “Chelsi” safida barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda qatnashib, 20 ta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning amaldagi shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar