
Merab Dvalishvili: "Umar Nurmagomedov men bilan jangga loyiq emas"
O‘ta engil vaznda UFC chempioni Merab Dvalishvili rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi jang qilishdan manfaatdor emasligini aytdi.
"Umar yaxshi yigit. Albatta, u UFC ga kelishidan oldin ham hammaning e’tiborida edi. Biroq biz uni Xabib tufayli taniymiz. Uning borligi Umarning yo‘lini ochdi: UFC Umarga darrov shartnoma berdi. Shu bois, uni men bilan jang qilishga loyiq emas, deb hisoblayman. U avval hammasini isbotlashi kerak", - dedi gruziyalik.
Eslatib o‘tamiz, Umar Nurmagomedov "UFC 311" turnirida Merab Dvalishvilidan ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar