Messi 100 ta zarbadan 98 tasida gol urardi

  • 18 oktabr, 2023, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”da o‘ynagan Kevin-Prins Boateng Lionel Messining zarbalari aniqligidan hayratga tushganini aytdi. Argentinalik yulduzning mashg‘ulotlardagi zarbalarini “Barselona”ning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qaytara olmaganini esladi.

Tecno

- Messi hech xato qilmasdi. Yuzta zarbasidan 98 tasi darvoza to‘ridan joy olardi. Agar gol ura olmasa yoki o‘zini yomon his qilayotgan, yo ter Shtegen katta mashaqqat bilan zarbani qaytarishni uddalagan bo‘lardi, - dedi Boateng.

Lionel Messi “Barselona”da 2004-2021 yillar davomida to‘p tepgan va klub tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Kevin-Prins Boateng esa, kataloniyaliklar tarkibida 2019 yili o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!