Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin edi, agar...

  • 16 iyun, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina o‘rtoqlik uchrashuvida Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Final hushtagi yangraganidan keyin Lionel Messi agar jamoa 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqmaganida, terma jamoada boshqa o‘ynamasligini ma’lum qildi.

Tecno

“Rostini aytsam, agar biz jahon chempioni bo‘lmaganimizda, men terma jamoada boshqa o‘ynamagan bo‘lardim. Men jahon chempioniman va hozircha xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlay olmayman. Men bundan zavq olishim kerak”, - deydi argentinalik hujumchi.

Messi Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyati haqida gapirgandi. Endi esa Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni sifatida o‘ynashni xohlayotganini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!