Messi “Barsa”da o‘ynaydimi? Laportaning gapi fanatlarni jumbushga keltirdi
Lionel Messi 2021 yili moliyaviy feyr-pley qoidalari tufayli qadrdon jamoasi “Barselona”ni majburan tark etgan edi. O‘shanda klub xo‘jayini Joan Laporta argentinalik yulduzga bergan shartnomasini qaytarib olgan.
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibining shundan beri Kataloniya klubi rahbariyati bilan murosasi to‘g‘ri kelmay qolgani ham bor gap.
Yaqinda Messi “Kamp Nou”ga kelib, yangi o‘yingohni tomosha qildi va shu erda o‘tkazgan kunlarini esladi. Hatto, oilasi bilan Barselona shahrida yashash uchun qaytishini aytdi.
“Barselona” prezidenti Joan Laporta Messining “Barselona”da o‘ynashi haqidagi fanatlar umidlarini yana puchga chiqardi.
- Hammasi istaganimizdek bo‘lmagan edi. Agar Messiga hurmat ko‘rsatishimiz qanday yo‘l bilan unga qilmagan ishlarimizni to‘g‘rilay olsa, bu yaxshi, albatta. Lekin Messining klubga o‘yinchi sifatida qaytishi aqlga sig‘maydigan ish, - dedi Joan Laporta.
Messi 2003-2021 yillar davomida “Barselona” tizimida bo‘lgan. Kataloniyaliklarning asosiy jamoasida 778 ta uchrashuvda maydonga tushgan argentinalik yulduz o‘z hisobiga 672 ta gol va 303 ta assist yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar