
Messi “Barsa”dan tamomila yuz o‘girdi
Futbol jamoatchiligi vakillari orasida sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messining “Barselona”ga qaytishini kutayotganlar ham ko‘p.
Sport.es esa, argentinalik yulduz sobiq jamoasidan tamomila yuz o‘girgani va hech qachon bu klubga qaytmasligi sabablari haqida yozdi.
Manbaga ko‘ra, Lionel Messi ayni paytda “Barselona”ning Joan Laporta boshchiligidagi rahbariyati bilan hamkorlikni qilishni istamayapti. Leo “Barselona” libosida ramziy uchrashuvlarda ham ishtirok etmasligini bildirgan.
37 yoshli hujumkor futbolchi faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan. Biroq Joan Laporta davrida, ya’ni 2021 yili Messi Kataloniyani tark etisha majbur bo‘ldi. Keyinchalik ikki yil PSJ sharafini himoya qilgan o‘yinchi 2023 yildan beri “Inter Mayami”da to‘p tepib kelmoqda.
Fikrlar