Messi “Barselona”ga keladi

  • 12 oktabr, 2024, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilardan hisoblangan Lionel Messi noyabr oyi oxirida Kataloniyaga keladi.

Diario Sport nashriga ko‘ra, “Barselona” xo‘jayinlari argentinalik yulduzni 29 noyabr kuni klub tashkil etilganligining 125 yillik yubileyini nishonlashga taklif qildi.

Agar Messi bu tadbirga shaxsan  tashrif buyura olmasa, undan ushbu sana munosabati bilan videomurojaat yo‘llashini so‘rashgan.

37 yoshli Messi professional faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazib, 2021 yilgacha ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Xusasan, u kataloniyaliklar safida sakkiz marotaba oltin to‘p sohibi bo‘lib, bu borada yaqqol rekord o‘rnatgan.

Messi Kataloniyadan ketganidan keyin ikki yil davomida “Pari Sen-Jermen”da o‘ynadi va o‘tgan yilning yozida “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!