"Barselona" darvozabonini APLda kutishmoqda
Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Express nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra “aristokratlar” germaniyalik posbonning kataloniyaliklar sardori Lionel Messi bilan munosabatlari yomonlashganidan unumli foydalanib, uni tarkibga jalb etishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ter Shtegenga “Yuventus”dan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
27 yoshli Mark-Andre ter Shtegen joriy mavsum “Barselona” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va va o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar