Messi bilan munosabatlar buzilgan
“Barselona” prezidenti lavozimiga nomzod Joan Laporta “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi va uning 2021 yilda klubdan ketishi haqida fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik yulduz bilan yangi shartnoma imzolanmaganiga sabab — bu klub uchun zararli, deb hisoblangan. U “Barselona” har qanday futbolchi, direktor yoki prezidentdan ustun ekanini ta’kidladi.
Laporta Messi bilan munosabatlar buzilganini aytdi va “Oltin to‘p” marosimida salomlashuv bilan bog‘liq noxush holat ham bo‘lganini qayd etdi.
Shunga qaramay, keyinroq tomonlar munosabatida ma’lum darajada yaqinlashuv bo‘lgan. Laporta Messini “Barselona” afsonasi, deb bilishini ham alohida e’tirof qildi.
Lionel Messi 2003–2021 yillarda klub tizimida tarbiyalangan va eng zo‘r futbolchilardan bo‘lgan. Mo‘hir charm to‘p ustasi kataloniyaliklar safida 778 o‘yinda 672 ta gol urgan va jam 35 ta sovrin yutgan. Bu sovrinlar orasida 10 ta La Liga chempionligi va 4 ta Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibligi ham bor.
Fikrlar