
Messi boshqa sport turi vakillari tomonidan ham e’tirof etildi
NBA yulduzlari Lebron Djeyms, Djeyms Xarden, Trey Yang va Donovan Mitchell Argentinaning JCh-2022 finalidagi g‘alabasiga munosabat bildirdi.
Ushbu basketbolchilar o‘z sahifalarida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messini tilga olgan holda "echki" emojisini belgiladi (bu "GOAT", ya’ni barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi degani).
Eslatib o‘tamiz, Leo musobaqaning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritdi. Argentina terma jamoasi esa uchinchi marta jahon chempioniga aylandi. Avvalroq, janubiy amerikaliklar 1978 va 1986 yillarda ushbu turnirda g‘olib chiqishgan edi.
Fikrlar