 
                Messi: "Endi menga kim pas beradi, Jordi?"
Argentinalik yulduz Lionel Messi yaqin do‘sti va jamoadoshi Jordi Albaning futbolchilik faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi.
"Rahmat senga, Jordi. Men seni juda sog‘inaman.
Biz birga boshdan kechirgan barcha lahzalardan so‘ng endi chap tomonga qarab seni ko‘rmaslik men uchun g‘alati bo‘ladi...
Shu yillar davomida menga nechta golli pas berganingga ishonish qiyin... Endi menga kim pas beradi?" — deb yozdi Messi ispaniyalik himoyachining bayonoti ostidagi izohida.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasining sobiq a’zosi mavsum yakunlangach karerasini tugatishini ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.



Fikrlar