
Messi faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi ma’lum bo‘ldi
2023 yilning yozidan beri “Inter Mayami”da o‘ynayotgan Lionel Messining amaldagi shartnomas 2025 yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan.
Ko‘pchilikni sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi bir yildan keyin qaysi jamoada o‘ynashi qiziqtirib keladi.
Give me Sport nashrining ma’lum qilishicha, 37 yoshli hujumchi kelajagi haqida bir qarorga kelib bo‘ldi. Manbaga ko‘ra, Messi mayamiliklar bilan o‘zaro hamkorligini yana bir yilga uzaytiradi.
Avvalroq, “Inter Mayami” xo‘jayinlaridan biri Xorxe Mas argentinalik yulduz bilan gaplashgani va Messi 2026 yili klubning yangi stadionini jamoa futbolchisi sifatida ochib berishini ma’lum qilgandi.
Fikrlar