Messi hali ham Ronaldudan ortda qolmoqda
Kataloniyaning “Barselona” klubi kecha “Levante”ga (5:0) qarshi bahsda xet-trik qayd etganidan xabaringiz bor.
Bleacher Report Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu 31 yoshli argentinalik futbolchining “ko‘k-anor ranglilar” safidagi 49-xet-trigi bo‘ldi. Biroq, u hali ham bu borada o‘zining asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldudan ortda qolmoqda. Chunki, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi “Real” safida jami 51ta xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum “Barselona” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar