
Messi hammaning e’tiborini tortdi
MSL rahbari Don Garber o‘tgan yozda Lionel Messining AQSh klubiga ko‘chib o‘tgani liga mavqeiga qanday ta’sir qilganini aytib o‘tdi.
- Lionel Messining MSLga ko‘chib o‘tishga rozilik berganining qay darajada muhim ekanini baholab bo‘lmaydi. Endi u ligamizda o‘ynayapti. Bu futbol olamidagi eng shov-shuvli voqealardan bo‘ldi.
Hozir butun dunyo nazari bizning ligamizga qaratilgan. Chunki bu erda dunyoning eng zo‘r futbolchisi to‘p termoqda, – dedi Don Garber.
Ma’lumki, Lionel Messi o‘tgan yoz PSJ bilan shartnomasi tugaganidan keyin Evropani tark etib, “Inter Mayami” jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
Argentinalik yulduz amerikaliklar bilan 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga imzo chekkan.
Fikrlar