Messi Kulibali transferini to‘xtatib qo‘ydi

  • 30 avgust, 2020, 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali transferi bo‘yicha kelishuvni yakunlash arafasida edi.

Tecno

Biroq, Lionel Messi atrofidagi vaziyat o‘rtaga chiqishi bilan manchesterliklar senegallik himoyachi transferini to‘xtatib qo‘ydi.

“Siti” rahbariyati Kulibali transferiga Messi masalasi hal bo‘lganidan keyin qaytadi. Chunki Xosep Gvardiola eski shogirdini “shaharliklar” safiga chorlamoqda. Agar Messi keladigan bo‘lsa, “Manchester Siti”ning transfer siyosati butunlay o‘zgarib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!