
Messi: "Mendagi bu xarakter farzandlarimga ham o‘tgan"
Lionel Messi hayotidagi raqobatga chanqoqlik haqida gapirdi.
- Raqobatlashish istagi meni hech qachon tark etmaydi. Men shundayman, shunday tug‘ilganman va bundan uzoqlashish juda qiyin.
Men hatto bolalarimga ham o‘yinlarda yutqazib berishga qiynalaman (bir necha yil avval Messi "UNO" karta o‘yinida o‘z o‘g‘li Mateoni kaltaklagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi). Farzandlarim ham umuman yutqazishni yoqtirmaydi, ular bu borada menga juda o‘xshaydi. Raqobatbardosh bo‘lish yaxshi, lekin men mag‘lub bo‘lishni, mag‘lubiyatdan ijobiy tomonlarni ko‘rishni o‘rgandim.
Futbolda siz raqibingizdan 10 baravar ustun bo‘la turib, baribir mag‘lubiyatga uchrashingiz mumkin. Shunday paytlar bo‘ladiki, musobaqada eng yaxshi jamoa chempionlikni qo‘lga kirita olmaydi. Futbolda shunday narsalar bor, ularni tushuntirish juda qiyin, - dedi "Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi.
Fikrlar