
Messi muxlislarini xursand qildi
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi AQShda ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilmoqda. “Inter Mayami” jamoasi MLSning navbatdagi uchrashuvida “Di Si Yunayted” futbolchilarini 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Floridaliklarning g‘alabasini aynan argentinalik yulduzning samarali o‘yini ta’minlab berdi. Birinchi bo‘limda Messi jamoadoshi Tadeo Alendega golli pas uzatdi. O‘yinning ikkinchi yarmida esa, Leoning o‘zi ilgari “Barselon”da birga o‘ynagan do‘stlari – Xordi Alba va Serxio Buskets paslaridan keyin ikkita to‘p kiritdi.
Shu tariqa, Lionel Messi chempionatning 22 ta uchrashuvida gollari sonini 22 taga etkazib oldi va MLS to‘purarlari reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uning hisobida 10 ta assist ham bor.
To‘purarlar bahsida Messidan keyin turgan “Neshvill” hujumchisi Sem Starrij o‘z hisobiga 21 ta gol yozdirib qo‘ygan. Uchinchi o‘rinda borayotgan Denis Buanga “Los-Anjeles” safida 19 ta gol urgan.
Fikrlar