Messi oxirgi uchrashuvida Argentinaning barcha gollarida ishtirok etdi
Soʻnggi yillarning eng yorqin futbol yulduzi Lionel Messi terma jamoa safidagi faoliyatini gʻalaba bilan yakunladi. Buenos-Ayresda boʻlib oʻtgan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida Argentina milliy jamoasi Benin termasini yirik hisobda magʻlub etdi — 3:0.
Bu bellashuv sakkiz karra "Oltin toʻp" sohibi Lionel Messi uchun "albiseleste" tarkibidagi oxirgi oʻyin sifatida tarixga kirdi. 48-daqiqada Nikolas Otamendi hisobni ochdi, unga golli uzatmani Lionel Messi berdi.
61-daqiqada Nikolas Pas ikkinchi golni urdi, unga ham hal qiluvchi pasni Messi yoʻlladi. 71-daqiqada esa Lionel Messi penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yirik koʻrinishga olib chiqdi.
Messi maydonga jamoa sardori sifatida boshidan tushdi va butun oʻyinni toʻliq oʻtkazdi. U bir gol urdi, ikki marta golli uzatma berdi va yana bir bor oʻzining yetakchi oʻyinchi ekanini namoyish etdi. Bu bellashuv argentinalik hujumchi uchun milliy jamoa safidagi 208-oʻyin boʻldi. Gollari sonini esa, 126 taga yetkazdi. Bu jahon futbolida terma jamoasi uchun 146 ta toʻp kiritgan Krishtianu Ronaldu natijasidan keyingi ikkinchi koʻrsatkichdir.
Shu tariqa, Messi oʻz muxlislari oldida, vatandagi oʻyin bilan terma jamoa safidagi karyerasiga nuqta qoʻydi. 39 yoshli Lionel Messi Ispaniya chempionati, "Barselona" va Argentina terma jamoasi tarixida eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi. Milliy jamoa bilan birga u ikki marta Amerika kubogini (2021, 2024) qoʻlga kiritdi, 2022 yildgi jahon chempionatida gʻolib chiqdi, 2014 va 2026 yillarda jahon chempionatida kumush medallar sohibiga aylandi. Shuningdek, 2022 yilda "Finalissima" musobaqasida ham terma jamoa bilan birga gʻalaba qozondi.

Fikrlar