Messi “o‘zgacha” shartnomaga ko‘ndi

  • 28.09.2025 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter Mayami” klubi bir necha oydan beri jamoaning eng mashhur o‘yinchisi Lionel Messi bilan yakunlanib borayotgan shartnomani yangilashga urinmoqda.

Taniqli jurnalistlardan Nikolo Skira va Xavi Kamposning ma’lum qilishicha, tomonlar yangi hamkorlik bo‘yicha bitimning barcha shartlarini kelishib oldi va muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi.

Manbaga ko‘ra, Messining yangi kelishuvi 2028 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. Uning o‘ziga xosligi shundan iboratki, Lionel Messi 2026 yilning oxirida shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin. “Inter Mayami” esa, 2027 yilning dekabrida o‘yinchi bilan hamkorlikni to‘xtatish huquqiga ega bo‘ldi.

Tomonlar tez orada yangi shartnomani rasmiy imzolash marosimini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Messi 2023 yilning yozidan beri “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelmoqda. Argentinalik yulduz bu muddat ichida klub safida 69 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 58 ta gol va 28 ta assist rasmiylashtirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!