
Messi PSJdan ketsa, qaerga boradi?
Taniqli insayder Jerar Romero Lionel Messining kelajagi haqida ma’lumot berdi.
Argentinalik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi va tomonlar hali yangi shartnoma tuzmagan. 35 yoshli hujumchi turli variantlarni o‘rganishda davom etmoqda.
- Messi mavsum oxirida PSJni tark etsa qaerda boradi?
"Asosiy variantlar MLS, Argentina chempionati va "Barsa"ga qaytish. Uning "Barselona"ga qaytishi ehtimoli juda past, ammo bu hali ham mavjud", - dedi Romero.
Joriy mavsumda Leo parijliklar safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar