Messi tufayli yana bir yulduz terma jamoadan ketadi
Argentina terma jamoasi a’zosi va «Boka Xuniors» sardori Leandro Paredes jahon chempionati finalida yuz bergan mojaroli voqealardan so‘ng xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlashi mumkin.
Bu haqida Goal.com xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Paredes Ispaniyaga qarshi hal qiluvchi o‘yindan keyin kelib chiqqan ommaviy janjalda ishtirok etgani uchun 10 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi. Argentina ushbu bahsda mag‘lub bo‘lgan edi.
«Terma jamoa safida o‘ynashni davom ettirish men uchun juda qiyin bo‘ladi. Diskvalifikatsiya sabab, shuningdek, Messi qarori tufayli. Endi hammasi avvalgidek bo‘lmaydi. Hali murabbiy bilan gaplashmadim, lekin suhbatlashamiz va shundan so‘ng qanday qaror qabul qilishim aniq bo‘ladi», — dedi yarim himoyachi.
Leandro Paredes Argentina terma jamoasi tarkibida 84 ta o‘yin o‘tkazgan. U jahon chempioni bo‘lgan, shuningdek, ikki marta Amerika kubogi sovrindoriga aylangan.

Fikrlar