Messi yana bir jahon rekordini yangiladi
«Kampeones» Kubogi uchun bo‘lgan bellashuvda AQShning «Inter Mayami» jamoasi Meksikaning «Krus Asulem» klubiga qarshi maydonga tushdi. Florida jamoasi raqibini 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Uchrashuvdagi gollardan biriga 39 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messi mualliflik qildi. U final uchrashuvlarida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatidagi rekordini yanada mustahkamladi. Bu uning turli turnirlar finalida urgan 36-goli bo‘ldi.
«Oltin to‘p»ning sakkiz karra sohibi bo‘lgan Messi «Inter Mayami» safida 2023 yil iyul oyidan buyon to‘p surib kelmoqda. U bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil dekabr oxirigacha mo‘ljallangan.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislarining baholashicha, hozirgi paytda Lionel Messining transfer qiymati 15 million yevro atrofida.

Fikrlar