Messi: Bu o‘yin bilan «Barselona» Chempionlar ligasini yutolmaydi
“Barselona” etakchisi Lionel Messi Evropaning eng nufuzli musobaqasida g‘olib chiqish bo‘yicha jamoasining imkoniyatini past baholamoqda.
- Bizda haqiqiy jamoa borligiga hech qachon shubha qilmaganman. Barcha turnirlar g‘olib chiqishimizga ishonaman. Lekin karantingacha bo‘lgan o‘yinimiz bilan emas. Har kimning o‘z fikri bor. Men Chempionlar ligasida to‘plagan boy tajribamga tayanib, hozirgi o‘yinimiz bilan bu turnirda g‘olib chiqolmasligimizni bilaman, - dedi Messi.
“Barselona” Evropa chempionlar ligasining 1/8 finalida dastlabki uchrashuvida Italiyada “Napoli” bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan. Javob o‘yini esa pandemiya tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.



Fikrlar