
Messiga "Barsa" zo‘r hujumchi olayotgani yoqmayapti
Keyingi paytda “Inter” futbolchisi Lautaro Martinesning “Barselona”ga o‘tishi haqidagi xabarlar ko‘p tarqalmoqda.
Aslida bunga hamma tayyor. Lautaro faqat “Barsa”da to‘p surmoqchi, kataloniyaliklar uni intiqlik bilan kutmoqda, “Inter” esa futbolchisini olib qolish imkoniyatiga ega emas. Biroq, yosh hujumchining “Barselona”ga qo‘shilishi uchun ozgina vaqt kerak xolos.
- Lautaro hayratga solganini oldin ham aytgan. U zo‘r va mukammal hujumchi. Baquvvat, gol urishga usta, yaxshi driblingga ega, to‘pni yaxshi olib qochadi, - degan ta’rif berdi Messi Lautaroga.
Biroq, Lautaroning kelishi Messiga yoqmayapti shekilli. Chunki butun dunyo bu transfer haqida gapirayotgan bir paytda Leo bundan bexabarligini aytyapti. Qolaversa, Martinesni maqtaganiga qaramay, uning "Barsa"dek klubda o‘ynab keta olishiga u qadar ishonch bildirmadi.
- Lautaro va boshqa og‘izga tushgan futbolchilarga nima bo‘lishini keyin ko‘ramiz, - deydi Messi.
Fikrlar