Messini alishtirib baloga qoldim!
Mashhur argentinalik murabbiy Maurisio Pocettino “Pari Sen-Jenmen”da ishlagan davrida hamyurti Lionel Messi bilan yuzaga kelgan vaziyat aslida qanday bo‘lganini ochiqiladi.
Hozir AQSh milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Maurisio Pocettino PSJni boshqargan uchrashuvlardan birida Linoel Messini zahiraga olgani keng muhokama va munozalarga sabab bo‘lgan edi.
- PSJ kabi klubda qabul qilgan har qanday qaroring tashqi ta'sirga ega bo‘ladi. Eslaysizmi, bir safar men Leo Messini almashtirgandim. Buni shifokor uning tizzasida muammo borligini aytgani uchun qilgandim.
Shundan keyin ba'zilar: “Gvardiola hech qachon Leoni almashtirmagan bo‘lardi, Pocettino Messi har doim maydonda qolishi kerakligini tushunmaydi”, deb gapira boshlashdi.
Shunga qaramay, mening Lionel bilan hech qachon muammolarim bo‘lmagan, - dedi Pocettino TheOverlap podkastida.
Pocettino PSJda 2021 yil yanvaridan 2022 yil iyuligacha ishlagan. U boshqaruvida jamoa 84 o‘yin o‘tkazib, 56 g‘alaba, 13 durang va 15 mag‘lubiyat qayd etgan.
Messi PSJda ikki yil, ya'ni 2021 yildan 2023 yilgacha to‘p surgan. U 75 uchrashuvda 32 gol urib, 35 golli pas bergan.

Fikrlar