
Messining 3-o‘g‘li dunyoga keldi, shu sabab u bugun "Malaga"ga qarshi o‘ynamaydi
Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi bugun La Liganing 28-turida “Malaga”ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha 30 yoshli argentinalik futbolchi shaxsiy sabablarga ko‘ra bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan.
Bir qator ispan nashrlarining xabar berishicha Messining turmush o‘rtog‘i Antonella kecha oqshom 3-o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan. Unga Chiro deb ism qo‘yishgan.
Ma’lumot uchun, "Malaga" - "Barselona" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
Fikrlar