Messining goli hech narsani hal qilmadi
MLS doirasida «Kolambus Kryu» o‘z maydonida «Inter Mayami»ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Kolambus Kryu» safida Xosef Martines penaltini aniq amalga oshirdi, Jamal Tiare ham gol urdi. «Inter Mayami»ning yagona goliga argentinalik hujumchi Lionel Messi mualliflik qildi.
Mezbonlar g‘alaba golini 90+9-daqiqada urdi.
Shu tariqa, «Inter Mayami» MLSda ketma-ket beshta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi — to‘rt durang va bir mag‘lubiyat. «Kolambus Kryu» esa ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qayd etdi.
MLSning navbatdagi turida «Inter Mayami» «Di-Si Yunayted» bilan, «Kolambus Kryu» esa «Orlando Siti» bilan o‘ynaydi. Har ikki uchrashuv 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar