Messining oyoqlari shishib ketdi

  • 9 avgust, 2020, 17:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Napoli"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

Tecno

Bellashuvning dastlabki bo‘limida Kalidu Kulibali argentinalik forvardning oyoqlariga kuchli zarba bilan tepib yubordi. Ushbu qo‘pollik uchun bahs bosh hakami Juneyt Chaqir penalti belgiladi.

Ushbu zarbadan so‘ng Messining oyoqlari shishib ketdi. U o‘yindan keyin og‘riqlarni his qilgani ma’lum bo‘ldi.

Klub matbuotining ta’kidlashicha, bu shunchaki ko‘karish, biroz dam olganidan keyin, to‘liq formasiga kirib oladi va ChLning chorak final uchrashuvlarida jamoaga yordam bera oladi.

Shifokorlar yalig‘lanishga qarshi vositalar bilan Messining oyog‘ini davolashni boshlab yuborishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!