Messining sardorlik vakolati boshqa yulduzga topshirildi

  • 09.09.2026 21:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» jamoasi himoyachisi Kristian Romero Argentina milliy terma jamoasining yangi sardori etib tayinlanadi.

TyC Sports xabariga ko‘ra, milliy jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni bu qarorni jahon chempionati boshlanishidan ancha oldin qabul qilgan.

Yangi sardor tanlash zarurati Lionel Messi va Nikolas Otamendi terma jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng yuzaga keldi. Har ikki futbolchi ham avvalroq Argentina terma jamoasi sardorlik bog‘ichini taqib maydonga tushgan edi.

Kristian Romero avgust oyida «Tottenxem» klubidan Madriddning «Atletiko» jamoasiga o‘tdi. Undan oldin himoyachi Italiya chempionatida «Atalanta» va «Jenoa» tarkibida to‘p surgan.

Romero — 2022 yildgi jahon chempioni. U Argentina terma jamoasi safida sardor sifatida uch marta maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!