Messining soqchisi: “U meni do‘sti deb hisoblaydi”

  • 30 iyul, 2024, 17:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messining tansoqchisi Yassin Cheuko futbolchi bilan munosabatlari haqida gapirdi.

“Messi meni faqat soqchi sifati ko‘rmaydi, u meni do‘st deb hisoblaydi. Biz birga ko‘p gaplashamiz bir-birimiz bilan hazillashamiz va fikrlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz.

Leo “Oltin to‘p” yutganida birga samolyotda edik, u menga: “Yassin to‘pni ol!” Men boshida sovrinni boshqa erga olib qo‘yish kerak deb o‘ylagan edim.

Keyin Messi Antonella va o‘g‘liga: “ “Oltin to‘p”ning yangi sohibi eng yaxshi tansoqchi - Yassin!”- dedi. Bu mening hayotimdagi eng unutilmas gap bo‘ldi.

Men o‘zimni uning oila a’zosidek his qilaman. Men Messini ham jismonan, ham ruhan himoya qilaman, u menga ishonadi. Shuning uchun bor e’tiborimni unga qarataman. U juda ham ajoyib inson”,- dedi sobiq AQSh askari.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
30/07/2024 20:33
ЛГБТ