"Metallurg"ni yana bir o‘yinchi tark etdi

  • 18 iyul, 2022, 21:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer oynasida davrida “Metallurg” futbol klubi yana bir o‘yinchi bilan xayrlashdi. Kuni kecha jamoa yarim himoyachisi Islombek Isoqjonov klub bilan ikkiyoqlama shartnomani bekor qilish borasida imzo chekdi.

Islombek Isoqjonov birinchi davrada “Metallurg” tarkibida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. 323 daqiqa mobaynida maydonda harakat qilib, 1 marta ogohlantirildi.

Islombek Isoqjonovga “Metallurg” PFK tarkibida birinchi davradagi samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz va uning keyingi faoliyatiga omad yor bo‘lishini tilaymiz, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Fozil Musaev bilan Salamat Quttiboev ham bekobodliklar safini tark etishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!