Mikki van de Ven: "Arsenal" yaxshiroq edi"
"Tottenxem Hotspur" himoyachisi Mikki van de Ven "Arsenal"ga qarshi o‘yin (1:4) haqida fikr bildirdi.
"O‘ylashimcha, umumiy hisobda "Arsenal" yaxshiroq jamoa bo‘ldi. Birinchi bo‘limda hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda o‘yinda edik. Keyin ular ikkinchi golni urdi va shundan so‘ng juda qiyin bo‘ldi. Raqib bizdan ancha ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratdi".
U jamoaning yangi bosh murabbiyi Igor Tudor haqida ham to‘xtalib o‘tdi:
"U butun hafta davomida biz bilan bo‘ldi. O‘z uslubini joriy qilishga harakat qildi. Biz shu yo‘nalishda ishladik. Bu uning birinchi haftasi, u bizga har tomonlama yordam berishni istaydi. Endi oldinga harakat qilishimiz va "Fulxem"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak".
Hozirda "Tottenxem" APL jadvalida 29 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. "Arsenal" esa 61 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar