"Milan", "Inter" hamda Serbiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi vafot etdi
Serbiyalik taniqli murabbiy Sinisha Mixaylovich vafot etdi. Yugoslaviyalik sobiq futbolchi 53 yoshida dunyodan ko‘z yumdi.
2019 yilning iyul oyida Mixaylovich leykemiya kasalligiga chalindi. U suyak iligi transplantatsiyasini o‘tkazdi va uchta kimyoterapiya kursidan so‘ng kasallik chekina boshladi. Biroq kasallikning yangi tsikli paydo bo‘ldi. U oxirigacha kurashdi, ammo kasallik kuchliroq edi.
Ma’lumot uchun, u "Inter", "Milan", "Torino", "Fiorentina" va yana bir qator A Seriya klublari, "Sporting" va Serbiya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
Fikrlar