“Milan” eng mashhur yulduzidan voz kechdi

  • 7 aprel, 2023, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi 41 yoshli futbolchi Zlatan Ibrohimovich bilan yakunlanayotgan shartnomani yangilamaydigan bo‘ldi. Bu haqda Footmercato nashri xabar berdi.

Tecno

Shvetsiyalik hujumchi joriy mavsumda milanliklar safida atigi to‘rt marotaba ko‘rinish berdi. Yoshi o‘tib qolgani uchun Zlatan ko‘p jarohat olmoqda va tiklanishga juda uzoq vaqt sarflayapti.

Tajribali futbolchi joriy mavsum jami 144 daqiqa o‘ynaganiga qaramay, bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Ibrohimovich “Milan”da 2020 yildan beri to‘p tepyapti. 2022 yili jamoasining Italiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi.

Endi Zlatan Milanni tark etishi kerak. Uning yana faoliyatini davom ettirishi yoki butsalarini mixga ilishi borasida aniq ma’lumot yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!