“Milan” eng zo‘r futbolchisi o‘rniga “Roma” hujumchisini oladi

  • 28 dekabr, 2022, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” asosiy to‘purari Rafael Leau bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda. Qimmatbaho o‘yinchi bir necha grand klublar e’tiboriga tushgan va mavsum yakunlanishi bilan Milan shahrini tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Milanliklarni portugaliyalik hujumchi o‘rniga “Roma” vakili Nikolo Dzanoloni olib kelmoqchi. 23 yoshli futbolchining rimliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. “Bo‘rilar” Nikolo bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan.

“Roma” barqarorlik etishmayotgan futbolchining maosh borasidagi talablarini bajarishga ko‘nmayapti. Shu bois, Dzanolo yozda boshqa jamoani tanlash ehtimoli katta.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Milan” Dzanolo transferi bo‘yicha ma’lumot yig‘a boshladi va tez orada o‘yinchiga taklif bilan chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!